So‘x tumanida xavfsizlik bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda






So‘x tumanida aholi xavfsizligini ta’minlash, yong‘in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik ishlar izchil ravishda davom etmoqda.
Jumladan, So‘x tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari hamda cho‘milish havzalarida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi yuzasidan keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilish, to‘satdan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha aholi va mas’ullarga tushuntirishlar berilmoqda.
Shu bilan birga, cho‘milish mavsumida suv havzalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari ham yo‘lga qo‘yildi. Fuqarolarga xavfsizlikka oid ogohlantiruvchi eslatmalar tarqatilib, ularning ongi va ogohligi oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlar orqali tumandagi xavfsizlik choralari yanada kuchaytirilib, aholi o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish maqsad qilingan.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Жасорат мактаблари”га танлов синовлари бошланди

ПАХТА ҲОСИЛИГА ҲОСИЛ ҚЎШИБ, БУ ЙИЛГИ МАВСУМНИ УЮШҚОҚЛИК БИЛАН ЎТКАЗАЙЛИК!

Ўзбекистон фермерлари кенгашининг мамлакатимиз фермер ва деҳқонларига МУРОЖААТИ

Арча унсимон қурти ва унга қарши кураш чоралари

ТИЛ ЎРГАНИШ — КЕЛАЖАККА САРМОЯ КИРИТИШДИР