Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
97
11

1002025-07-22 18:45

Sharqobod mahallasida asfaltlash ishlari amalga oshirildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095064342109185.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095064342111575.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095064342116355.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095064342119940.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095064342123525.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095064342127110.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095064342130695.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095064342134280.jpg

Yurtimizda aholi uchun qulay turmush sharoitlarini yaratish, ichki yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida hududlarda bosqichma-bosqich yo‘l ta’miri va asfaltlash ishlari olib borilmoqda.

Ayni paytda So‘x tumanida ham mazkur yo‘nalishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Sharqobod mahallasida So‘x tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari olib borildi.

Muassasa rahbari Zafar Mirzoevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mahallada asfaltlangan ko‘chaning uzunligi 130 metr, eni esa 6 metrni tashkil etib, loyiha umumiy qiymati 120 million so‘mni tashkil etgan.

Asfaltlash jarayonida yo‘lning asosi mustahkamlanib chiqildi, keyingi bosqichda asfalt qoplamasi yotqizildi. Bu esa aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish imkonini beradi.

Mahalla aholisi tomonidan amalga oshirilayotgan bunday obodonlashtirish ishlari katta mamnuniyat va minnatdorchilik bilan qarshi olinmoqda.

Tumaning boshqa mahallalarida ham bosqichma-bosqich yo‘l ta’miri ishlari davom ettirilishi rejalashtirilgan.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz