Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
94
11

1202025-07-15 21:36

TA’LIM INSONNI MA’NAVIY KAMOLOT SARI YETAKLAYDIGAN BUYUK YO‘LDIR

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094353856841690.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094353856845275.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094353856847665.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094353856848860.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094353856852445.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094353856854835.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094353856856030.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2094353856859615.jpg

📚TA’LIM INSONNI MA’NAVIY KAMOLOT SARI YETAKLAYDIGAN BUYUK YO‘LDIR

Xalqni – xalq, millatni – millat sifatida shakllantira oladigan asosiy kuch bu – ta'lim va sohadagi islohotlar ekanligi hammamizga kundek ravshan. Sababi ilm-ma'rifat va ta'limsiz taraqqiyotga erishib bo'lmaydi. Har qanday maqsad va islohotlar natijadorligiga ilm-fan bilan etib boriladi.

✅Umumta'lim maktablari faoliyatini yaxshilash, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, innovatsion metodlar asosida dars berish sifatini oshirish, yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga eng ustuvor vazifalarimizdan biridir. Albatta, bu bejiz emas. Zero, ta'lim sifati rivojlansa, hamma sohada o'zgarish, rivojlanish kuzatiladi.

➡️Bugun mana shu jarayonlarni amaldagi natijalarini o‘rganish va tadbiq etish maqsadida shahardagi 2-sonli ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari uchun “Ta’lim muassasalarida 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish hamda metodik yordam ko‘rsatish” bo‘yicha “Ta’lim insonni ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan buyuk yo‘ldir” shiori ostida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

🟢Yangi o‘quv yili boshlanishiga ham oz fursat qoldi. Yana biroz muddatdan so‘ng maktablarda yangi o‘quv yili boshlanadi. Xo‘sh, ta’lim muassasalari tomonidan 2025/2026-o‘quv yiliga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda? Ta’lim muassasalarida malakali o‘qituvchilar, zarur darslik kitoblari yetarlimi? O‘quvchilarni sinf xonalaridagi shart-sharoitlar qanday va boshqa zaruriy ashyolar bilan ta’minlash qanday hal etilmoqda? Umuman, taʼlim sohasidagi islohotlar samarasi bugun nimalarda koʻrinyapti? - degan dolzarb savollarga amaliy seminar davomida ishtirokchilariga keng tushuncha va ma’lumotlar berildi.

🟡Shu bilan birgalikda, tushuncha va ma’lumotlarning isboti sifatida 2-IDUMdagi amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishtirib o‘tildi.

➡️Umuman olganda, yangi o‘quv yiliga o‘quv dargohlari tayyor deyishga asoslar yetarli. Zotan, bugun bo‘lib o‘tgan amaliy seminarda barcha muhim masalalar keng qamrovda aks ettirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz