Savol bering, javob beramiz

«Dekretdagi xodimaning puli kredit qarziga ushlab qolinadimi?»
Bizga murojaat qiluvchi obunachimiz juda qiziq savol bilan yaxshi masalani ko'ratishdi unga ko'ra, ayol dekret ta'tilliga chiqqan, ammo bankdan olingan krediti bo'yicha qarzdorligi mavjud uning dekret nafaqasidan qarz undirib olishidan xavotirda.
Keling birma bir tahlil qilib chiqamiz, O'zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi Qonunining 69-moddasida (https://lex.uz/docs/26477) ayrim to'lovlardan undiruv amalga oshirilishi qat'iyan ta'qiqlangan.
Undiruvga yo'l qo'yilmasligi belgilangan to'lovlar ro'yxati:
- mehnatga layoqatni yo'qotganlik yoki sog'liqqa yetgan zarar uchun to'lanadigan kompensatsiyalar;
- ish vaqtida tan jarohati olgan yoki halok bo'lgan shaxslarga (yoki ularning oila a'zolariga) to'lanadigan mablag'lar;
- homiladorlik va tug'ish bo'yicha beriladigan nafaqa (dekret nafaqasi);
- davolanish uchun ajratiladigan to'lovlar;
- bolani parvarishlash ta'tili davrida beriladigan nafaqalar;
- nikoh, bola tug'ilishi yoki yaqin qarindosh vafoti munosabati bilan beriladigan bir martalik to'lovlar;
- mehnat munosabatlari tugaganda ishdan bo'shatish nafaqasi;
- xizmat safari yoki boshqa hududga o'tkazilish munosabati bilan ajratiladigan mablag'lar.
Masalan, xodim dekret ta'tilliga chiqqan, lekin u bankdan olgan krediti bo'yicha qarzdor. MIB ish qo'zg'atgan taqdirda ham, har oy to'lanadigan dekret nafaqasi qonunan himoya qilingan: bu mablag'dan kredit qarzini undirib bo'lmaydi. Bunday urinish — qonun buzilishi.
Ya'ni "dekret" puli yuqoridagi qonunning 69-moddasi bilan muhofaza qilingan to'lov turi hisoblanib, undan qarz undirilishi mumkin emas.
O'ktamjon Ergashev - So'x tumani adliya bo'limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Navobod mahallasining ko'chalari obodonlashmoqda

Yong'in xavfsizligi – umumiy xavfsizlik kafolati!


“Mahalla yettiligi”ning hisoboti: fuqarolar manfaati eng ustuvor masala

Bugun OTMlarga imtihon topshirish jarayonlarining ikkinchi kuni