Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
94
11

1042025-07-15 18:00

“Mahalla yettiligi”ning hisoboti: fuqarolar manfaati eng ustuvor masala

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338424992895.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338424995285.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338424997675.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338425000065.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338425002455.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338425006040.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338425008430.jpg

Aytish joizki, mamlakatimizda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini samarali yo'lga qo'yish, mahalla institutini kuchaytirish, aholi bilan yaqin muloqotda bo'lishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Aynan shu maqsadda tashkil etilgan "Mahalla yettiligi" instituti mahalladagi dolzarb muammolarni aniqlash, ularni ijobiy hal etish, aholi bilan yaqin hamkorlik qilish va davlat organlari faoliyatini joylarda samarali tashkil etishda muhim o'rin tutayotir.

Qonunchilikka muvofiq, "Mahalla yettiligi" o'z faoliyati yuzasidan har oyda mahalla fuqarolar yig'ini kengashiga, har chorakda esa fuqarolar yig'ini majlisiga (fuqarolar vakillari yig'ilishiga) hisobot beradi.

Shu munosabat bilan, So'x tumani Yangiariq mahalla fuqarolar yig'inida 2025 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan "Mahalla yettiligi" tomonidan aholiga hisobot taqdim etildi.

Hisobot davomida mahallada amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kelgusidagi rejalar haqida atroflicha ma'lumot berildi. Mahalla yettiligi a'zolari o'z yo'nalishlari bo'yicha jamoatchilik oldida chiqish qildi.

Yangi saylangan mahalla raisi Amirjon Safarov o'z so'zida, mahallada hamjihatlik va birdamlik kayfiyati kuchayganini, yangiariqliklar bilan yelkadoshlikda hali ko'p arzirli ishlar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi: - "Xalqimiz o'z saylagan raisiga ishonishi — biz uchun katta mas'uliyat. Bu ishonchni oqlash uchun bor kuchimizni bag'ishlaymiz", — dedi u.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz