Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
94
11

1002025-07-15 18:03

YaNGILIK! Fuqarolik holati dalolatnomalari arxiv ma'lumotnomalarini my.gov.uz orqali tezlashtirilgan tartibda oling!

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338621791470.jpg

Endi siz fuqarolik holati dalolatnomalari arxiv ma'lumotnomalarini (tug'ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o'lim, otalikni belgilash, familiya, ism va otasining ismini o'zgartirganlik, ma'lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi to'g'risida) tezlashtirilgan tartibda my.gov.uz orqali olishingiz mumkin.

Bundan foydalanish uchun sizning faqat kerakli ma'lumotnomani tanlashingiz kifoya:

Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to'g'risidagi ma'lumotnomani olish

Familiya, ism, otasining ismini o'zgartirganlik haqida ma'lumotnomani olish

Otalik belgilanganligi haqidagi ma'lumotnomani olish

Tug'ilganlik haqida ma'lumotnoma olish

O'lim ro'yxatga olinganligi haqida ma'lumotnomani olish

Arizani ko'rib chiqish muddati:
Tezlashtirilgan tartibda — 1 ish kuni

Arizani ko'rib chiqish uchun to'lanadigan yig'im miqdori:

FHDYo organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish uchun — 16 875 so'm

Tezlashtirilgan tartibda ko'rib chiqilganligi uchun qo'shimcha yig'im — 187 500 so'm

Huquqiy axborotni keng tarqatish maqsadida ushbu xizmatdan barcha fuqarolardan faol foydalanishlari tavsiya etiladi.
Faridun Mastonov - So'x tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz