Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
94
11

2852025-07-15 18:05

Navobod mahallasining ko'chalari obodonlashmoqda

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338758818535.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338758819730.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338758826900.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338758834070.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338758842435.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338758850800.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338758860360.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094338758865140.jpg

Ayni kunlarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 665-sonli “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko'chalari hamda ichki xo'jalik yo'llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida respublikamiz bo'ylab keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu sa'y-harakatlar doirasida So'x tumanida ham ichki xo'jalik yo'llarini obodonlashtirish va asfalьtlashtirish ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda.

Xususan, tumanimizning Navobod mahalla fuqarolar yig'inidagi yo'llarni asfalьtlashtirish maqsadida tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Mahallaning 5 ta asosiy ko'chasiga asfalьt qoplamasi yotqizilayotgani aholi tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olinmoqda.

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi rahbari Oxonjon Oxonjonovning ma'lum qilishicha, Navobod mahallasining umumiy 1 kilometr 200 metr masofadagi yo'llari bosqichma-bosqich asfalьtlanishi rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda “Navobod” ko'chasiga asfalьt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Asfalьtlashtirish jarayonlari texnik talablarga rioya qilgan holda, bosqichma-bosqich bajarilmoqda.

Yo'l infratuzilmasini yaxshilash aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanishni ta'minlash bilan birga, mahallaning jozibadorligi va ijtimoiy rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz