Farg‘ona tumani “Yangi yo‘l” mahallasiga zamonaviy transformator o‘rnatildi

Farg‘ona tumani “Yangi yo‘l” mahallasida aholining elektr ta‘minoti sifatini sezilarli darajada yaxshilash maqsadida yangi transformator punkti o‘rnatildi.
Bu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirildi va infratuzilmaning barqaror rivojiga qaratilgan strategiyaning yana bir muhim qadami bo‘ldi.
“Farg‘ona HETK” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Yangi yo‘l” mahallasida olib borilgan ishlar — xususan, yuqori texnologiyali, zamonaviy transformator punktining o‘rnatilishi — ushbu maqsadlarning amaldagi rivojiga yorqin misol bo‘ldi. Yangi transformator mahallada elektr ta‘minotini uzluksiz etkazib berishni ta‘minlaydi hamda elektr tarmoqlarining yukini engillashtiradi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Navobod mahallasining ko'chalari obodonlashmoqda

Yong'in xavfsizligi – umumiy xavfsizlik kafolati!



“Mahalla yettiligi”ning hisoboti: fuqarolar manfaati eng ustuvor masala

Bugun OTMlarga imtihon topshirish jarayonlarining ikkinchi kuni