Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
94
11

1342025-07-15 11:39

  “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2094311076092640.jpg

  “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi

Bugun, 15-iyuldan “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, jarayonlar quyidagi sanalarda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

2024-yilgi 2-mavsumi hamda 2025 yilning 1-mavsumida (ikkata mavsumda ketma ket)  g‘olib bo‘lgan Dang'ara tumanida 7 ta mahallaga joriy yilgi 2-mavsumi hamda 2026-yilgi 1-mavsumida tanaffus beriladi. Jumladan: Navbahor, Soy shildir, Boy buta, Uymovut, Bo'riqum, Qora mulla va Katta boybucha MFY.lar

Mazkur mahallalarda (shuningdek, ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsum doirasida o‘z loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz