Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
94
11

2012025-07-11 14:39

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyati Toshloq tumaniga tashrif buyurib, u yerdagi bir qator ijtimoiy va ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2093910968617295.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2093910968618490.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2093910968618490.jpg

Tashrif doirasida vazir tuman yoshlar markazi qoshida BMTning Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Yaponiya Davlat granti ko‘magida tashkil etilgan Axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘qitish markazida bo‘ldi. Ushbu markaz zamonaviy kompyuterlar, internet ulanmasi va o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, tuman yoshlari uchun axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy bilimlarni va xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatini yaratadi.

Vazir markaz faoliyati bilan tanishar ekan, o‘quv jarayoni, ta’lim dasturlari va ta’lim olayotgan yoshlar bilan muloqot qildi. U mazkur tashabbus yoshlarni raqamli dunyo talablariga muvofiq malaka bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, bunday markazlar orqali yurtimizda IT-infratuzilmani kengaytirish va yoshlar bandligini ta’minlash mumkinligini qayd etdi.

Shuningdek, u markazdagi o‘qituvchilar va murabbiylar bilan suhbatlashib, ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Yoshlar esa o‘z ta’lim jarayoni, maqsadlari va muvaffaqiyatlari haqida ma’lumot berib o‘tishdi.

Ayni paytda bunday markazlar mamlakatimizda raqamli ta’limni rivojlantirish, yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadr sifatida tayyorlashda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz