Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
94
11

2252025-07-11 14:37

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida axborot texnologiyalari sohasida yana bir muhim qadam tashlandi — mazkur hududda zamonaviy IT shaharchasi o‘z faoliyatini boshladi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2093910827886925.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2093910827888120.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2093910827890510.jpg

Ushbu loyiha Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Yangi O‘zbekistonda – yangi imkoniyatlar" g‘oyasi asosida tashkil etildi.

Shaharchaning ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov ishtirok etib, ramziy tasmani kesdilar va IT shaharchasining rasman ish boshlaganini e’lon qildilar. Shuningdek, marosim doirasida shaharchaning bosh qismiga ramziy ma’noda daraxt ham ekilib, uning bardavom va gullab-yashnashi tilak qilindi. Bu tadbir IT shaharchaning nafaqat texnologiya, balki atrof-muhit va barqaror rivojlanishga ham e’tibor qaratishini ifoda etdi.

Ushbu markaz bir vaqtning o‘zida 300 nafar, yil davomida esa 3000 nafargacha yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida o‘qitish imkoniyatiga ega. Shaharchada yoshlar dasturlash, grafik dizayn, veb va mobil ilovalar yaratish, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va boshqa yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarni egallashlari mumkin.

Markaz zamonaviy o‘quv auditoriyalari, kovorking zonalari, laboratoriyalar va yuqori tezlikdagi internet bilan jihozlangan. Bundan tashqari, mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari va seminarlar tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Marosimda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Xayrullo Bozarov ta’lim sohasidagi bunday loyihalar yosh avlod uchun yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar ekanini ta’kidlab, IT shaharcha Farg‘ona viloyatini raqamli transformatsiyaga olib chiqishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.

Shu tariqa, Toshloq tumanidagi IT shaharcha nafaqat viloyat, balki respublika miqyosidagi yoshlar uchun ham zamonaviy bilimlar markaziga aylanishi kutilayapti.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz