Asosiysi, e'tibor!

Ta'kidlash lozim, Respublikamizda jazo muddatini o'tab qaytgan fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvtalash, ularni sog'lom turmush tarziga yo'naltirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilyapti. So'x tumani hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko'nikma markazining tegishli idoralar bilan hamkorligi asosida ham ushbu yo'nalishda olib borilayotgan ishlar e'tirof etishga loyiq.
Bugun hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko'nikma markazi va tegishli idoralar bilan hamkorlikda So'x tumani Hushyor qishlog'ida yashovchi, jazo muddatini o'tab qaytgan M. T.ning moddiy yordam so'rab, qilgan murojaati o'rganildi.
Tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko'nikma markaziy komissiyasi tomonidan mazkur holat ko'rib chiqib, markaz tomonidan 1 687 500 (bir million olti yuz sakson yetti ming besh yuz) so'm miqdorida moddiy yordam puli hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
T.M.R. bandligini ta'minlash maqsadida tuman qambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limiga yo'llanma berildi va ayni kunda mazkur fuqaroni ishga joylashtirish choralari ko'rilmoqda. Tuman xokimligi hamkorligida amaldagi tasdiqlangan reja-tadbirlari yuzasidan targ'ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmokda.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar doimiy e'tiborda!

Pilla topshirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda


Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi

Nuroniylar tashabbusi bilan mahallada hashar tashkil etildi
