Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
67
9

372025-05-30 18:20

Qonunchilikdagi yangiliklar

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089590435053985.jpg

Nogironlik pensiyalari alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlanadi

“Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:

fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanganda pensiyalarni alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlash. Bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi;

ko'rish qobiliyati bo'yicha I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni o'tagan shaxslarga kompensatsiyalarni elektron ma'lumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlash;

nogironlik pensiyasi tayinlangandan so'ng kamida 1 yil ish stajiga ega bo'lganda fuqaroning pensiya miqdorini har 2 yilda proaktiv shaklda qayta hisoblash.

2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya ta'minotiga oid hamda AT “Xalq banki” tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida to'lash bilan bog'liq xizmatlar fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshiriladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz