Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi








Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 10-sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibidagi masalalar:
1. "Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili" Davlat dasturi, “O'zbekiston-2030” strategiyasining qo'yidagi yo'nalishlarida:
–sog'liqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko'rsatilishi holati;
– maktabgacha va maktab ta'limi tizimini rivojlantirish to'g'risida.
2. Tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'ining 2025-yil 1-chorak davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to'g'risida.
3. Tuman davlat soliq inspektsiyasi rahbarining 2025-yil 1-chorak davomida mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo'shimcha rezervlarni aniqlash bo'yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to'langanligi, ular bo'yicha soliq qarzdorligi to'g'risida.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so'zga chiqgan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Ilhom Abdumajidov deputatlarga masalaga oid to'liq ma'lumot berdi va sessiya ishtirokchilari tomonidan masalaga oid qaror loyihasi bir ovozdan qabul qilindi.
So'x tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev so'zga chiqib, tumanda 2025-yil 1-chorak davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan ma'lumot berdi.
Sessiya kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan So'x tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i Faridjon To'raboyev ishtirokchilarga to'liq ma'lumot berdi.
Deputatlar o'z navbatida o'z savollari bilan so'zga chiqgan rahbarlarga murojaat qilib, javoblar oldilar va sohalarni yanada rivojlantirishga doir o'z taklif va tavsiyalarini berdilar.
Kun tartibidagi masalalarga doir qarorlar qabul qilindi va sessiyaga yakun yasaldi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
