Pilla topshirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda








Tumanimiz “ipak tola” ijodkorlari ayni kunda yetishtirilgan hosillarini yig'ib-terib olishga astoydil kirishishgan. Zimmalaridagi pilla topshirish majburiyatlarini ortig'i bilan bajarishga bel bog'lagan pillakorlarimiz bu yilgi hosildan umidlari katta.
Suyagi mehnat bilan qotgan, umri dalada o'tgan, qishloq xo'jaligi sohasida oddiy agronomlikdan tuman hokimi o'rinbosarigacha yetgan soha mutaxassisi, ayni kunda yangi avlodga dehqonchilikdan “dars” berayotgan mirishkor, Qal'acha mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi Bahriddin Ziyoviddinov ham yetishtirilgan hosilni yig'ishtirish arafasida.
- Bu yili kelinim Ochanarzi Ziyoviddinova bizning oilaviy an'analarimizga amal qilib, 1 qutti ipak qurti olishdi. Reja 60 kilogramm etib belgilangan, lekin zimmamizdagi rejani 200 foiz qilib bajarishga umid qilyapmiz, chunki pilla hosilining cho'g'i baland, - deydi biz bilan suhbatda Bahriddin-tog'a.
Tuman hokimi o'rinbosari Muslimbek Mavlonbekov va tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar Bahriddin-tog'aning xo'jaligida bo'lishdi. Mirishkorlarga esdalik sovg'alari topshirildi va berilgan e'tiborga nisbatan usta dehqon samimiy minnatdorchilik izhor etdi.
Ma'lumot uchun: tuman pillakorlariga 2025 yil pilla hosili uchun jami 681 qutti ipak qurtidan 41 tonna pilla xom ashyosi topshirish rejasi belgilab berilgan. Bir kunda “Ozod” shirkat xo'jaligi hududidagi omborga pillakorlarimiz 1 tonnadan ortiqroq hosil topshirishmoqda.
Pillakorlarimizga omad!
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So'xlik Afzalbek boks bo'yicha musobaqalarning respublika bosqichida!



Navobod mahallasining ichki ko'chalari ham asfalьtlashtiriladi


Xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi