Bilasizmi?

Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to'g'risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?
Xabarnoma yuborish uchun yuridik shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.
Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi.
Xabarnoma yuborish uchun to'lanadigan yig'im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
Eslatma: har bir faoliyat yuritish turi va manziliga (filialiga) alohida xabarnoma yuboriladi.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
Abdumannon Umriddinov - So'x tumani adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi sho''ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So'xlik Afzalbek boks bo'yicha musobaqalarning respublika bosqichida!



Navobod mahallasining ichki ko'chalari ham asfalьtlashtiriladi


Xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi