So'x tumanida davlatga pilla topshirish mavsumi boshlandi





Qishloq xo'jaligining birinchi hosili hisoblanmish pilla yig'im-terimi So'x tumanida ham boshlanib ketdi. So'x tumanida birinchilardan bo'lib 1-sektor hududidagi mirishkorlarimiz bu ishga bel bog'lashdi.
Tuman hokimi o'rinbosari Muslimbek Mavlonbekovning ma'lumotiga ko'ra, joriy yilda tumanda faoliyat ko'rsatayotgan shirkat va fermer xo'jaliklari tomonidan 2025 yil pilla hosili uchun jami 681 quti, shundan “Ozod” shirkat xo'jaligi hududida 313 quti, “So'x” shirkat xo'jaligi hududida 220 quti, “Hushyor” shirkat xo'jaligi hududida 130 quti ipak qurti parvarish qilinib, jami 41 tonna pilla xom ashyosi yetishtirilishi belgilangan.
Bugungi kunda shirkat va fermer xo'jaliklar bilan “Nurli tong” pillachilik klasteri korxonasi o'rtasida to'liq kontraktatsiya shartnomasi tuzilib, pillakorlaga to'lik ipak qurti tarqatildi.
G'aznov mahalla fuqarolar yig'inidagi “Toshmazor” ko'chasida yashovchi Zulfiyaxon Boltayeva, mazkur mahallaning “Mavjidaryo” ko'chasida istiqomat qiluvchi Gavharoy Nuriddinovalar bugun butun oila a'zolari bilan pilla terishmoqda. Barcha pillakorlar 2 quti va undan ortiq ipak qurti olib parvarishlab, mana bugun pillaning ulkan xirmoniga hissa qo'shish maqsadida harakat qilishayotir. Pilla yig'im-terimida tuman hokimligining oila va xotin-qizlar bo'limi mutasaddilari ham qatnashib, pillakorlarga yaqindan ko'mak berishyapti.
Barcha tuman pillakorlariga omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz. Xirmoningizga baraka, aziz pillakorlar!
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar doimiy e'tiborda!

Pilla topshirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda


Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi

Nuroniylar tashabbusi bilan mahallada hashar tashkil etildi
