Tuman nuroniylari ishtirokida “Maqom kechasi” tashkil etilib o'tkazildi








Respublikamizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, mehnat faxriylari va nuroniylarga ehtirom ko'rsatishga doir amaliy ishlar qilinmoqda. Mazkur amaliy ishlar turli tadbirlar shaklida ham o'tkazilib, nuroniylar va keksa avlod vakillariga chuqur hurmat va ehtirom ko'rsatilyapti.
O'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg'armasi So'x tumani bo'limi tomonidan tumanimizdagi “Sohil” dam olish maskanida “Maqom kechasi” bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda tumanimiz mahallalaridan tashrif buyurgan nuroniylar va mehnat faxriylari qatnashdilar.
Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev so'zga chiqib, mazkur tadbir va uchrashuvlar odamlar orasidagi mehr-muhabbat va izzat-ikromni yaqinlashtirib, jamiyatda sog'lom muhitni shakllanishiga asosiy omil bo'lib xizmat qilishini qayd etdi. Tuman hokimi mahallalarda faoliyati yo'lga qo'yilgan nuroniylar faoliyati ham mana shu ezgu maqsadlarni o'zida mujassam etganligini ta'kidladi.
Tadbirda bir guruh mehnat faxriylari va nuroniylarga tuman hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg'alari taqdim etildi. Tadbir davomida jonli ijroda kuylagan mumtoz kuylarning yorqin namunalari kishilar ruhiyatiga ko'tarinkilik baxsh etdi, ularning qalbida ezgulik, yurtparvarlik, mehr-oqibat kabi go'zal tuyg'ularni uyg'otdi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar doimiy e'tiborda!

Pilla topshirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda


Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi

Nuroniylar tashabbusi bilan mahallada hashar tashkil etildi
