Tumanni gulu gulzorlarga aylantiramiz





So'x tumanida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari tobora tuman qiyofasini ko'rkamlashtirib, “yashil hududlar” tashkil qilish tadbirlariga hamohanglik kasb etmoqda. Zotan, ozoda va sarishta hududlar, gulzorlarga burkangan har bir manzil borki, insonni o'ziga doimo jalb etaveradi, ohanrabodek tortaveradi.
Ayni kunda tumanimizni obod va ko'rkam go'shaga aylantirish maqsadida tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amaliy ishlar qilinmoqda. Mazkur idora rahbari Oxonjon Oxonjonovning so'zlariga ko'ra, kuni kecha tumanga viloyatdan 4 000 donadan ziyod gul ko'chatlari olib kelinib, hozirda tumanning markaziy ko'chalariga ekilmoqda.
Farg'onadan olib kelingan qiymati salkam 8 000 000 so'mlik petuniya va salьviya gullarining asosiy qismi tuman markazidagi ko'chalarga ekib bo'lindi. Obodonlashtirish boshqarmasi mutasaddilarining bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, yil davomida bunday tadbirlar tumanimizda muntazam davom ettiriladi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


So'x tumanida 47,5 mlrd so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan


So'x tumanida davlatga pilla topshirish mavsumi boshlandi


Tuman nuroniylari ishtirokida “Maqom kechasi” tashkil etilib o'tkazildi