Sohibkorning eng ibratli oilasi








Oila davlat ichidagi davlat deb atalishi bejiz emas. Zero oila davlat asosi, buyuk davlatga asos bo'ladigan mustahkam qo'rg'on hisoblanadi. Respublikamizda oilalar mustahkamligi, unda umrguzaronlik qiladigan odamlarning hayotiy tajribasini targ'ib qilish uchun tizimli ishlar olib borilmoqda.
O'zbekistonda farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan oilalarni rag'batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan. Mazkur qarorga asosan «Ibratli oila» ko'krak nishoni ta'sis etilgan.
Har yili may oyining ikkinchi dekadasi – Xalqaro oila kunida mazkur nishon eng ibratli oila deb topilganlarga beriladi. Bu yili ham bizning tumanimizdan yigirmaga yaqin oilalar vakillari ushbu ko'krak nishonini olishga muvaffaq bo'lishdi.
Shunday oilalardan biri tumanimizning 1-sektori hududidagi Sohibkor mahallasida istiqomat qiladi. Muqimjon va Sohibaxon Olimovalar juftligi ham bu yili ushbu ko'krak nishonini olishga muvaffaq bo'lishdi.
Mukofotni o'z egasiga taqdim etish marosimida ushbu oilaga yaqin bo'lgan qarindoshlar, mahalla faollari, qo'ni-qo'shni, boshqa tumanlardan kelgan mehmonlar ishtirok etishdi. – Ushbu oila, ushbu xonadon egalari haqiqatan ham ushbu unvon, ushbu e'tirofga arziydi, - dedi taqdimot marosimida mahalla raisi Habibjon Olimov.
Darhaqiqat, oila sardori Muqimjon Olimov tadbirkorlik tufayli mahallada o'z obro'-e'tiboriga ega, chunki har doim bir qo'li saxovat va xayr uchun ochiq. Turmush o'rtog'i Sohibaxon Olimova bilan 4 nafar farzandning kamoliga hissa qo'shgan baxtli ota-ona hisoblanishadi.
Farzandlari ham tadbirkorlikni kasb qilib, el-yurt xizmatiga astoydil bel bog'lagan. Mana shunday oilalar safi kengayishini astoydil istab qolamiz.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


So'x tumanida 47,5 mlrd so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan


So'x tumanida davlatga pilla topshirish mavsumi boshlandi


Tuman nuroniylari ishtirokida “Maqom kechasi” tashkil etilib o'tkazildi