Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul







Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining So'x tumanidagi Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi qabuli o'tkazildi.
Fuqarolarni tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev qabul qildi. Qabulda tumanimizning turli hududlaridan kelgan fuqaroning uy-joy ta'minoti, ish bilan ta'minlash, davolanish uchun moddiy yordam, tadbirkorlik va dehqonchilik qilish uchun yer maydoni ajratish kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat soha mutaxassislarini jalb qilgan holda chuqur o'rganildi, muammoli masalalarning bir qismi joyida hal qilindi, yechimi muayyan muddat talab qiladigan arizalar ijrosi qat'iy nazoratga olindi.
Besh nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari shu joyning o'zida o'rganilib, ijrosi ta'minlandi.
Hokimlik qabuli jarayonida tuman hokimi o'rinbosarlari Ilhom Tojiboyev, Ilhom Abdumajidov, Sodiqjon Murzoyev hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sobirjon Normatov bevosita ishtirok etdi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


So'x tumanida 47,5 mlrd so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan


So'x tumanida davlatga pilla topshirish mavsumi boshlandi


Tuman nuroniylari ishtirokida “Maqom kechasi” tashkil etilib o'tkazildi