O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 maydagi "O'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-171-sonli Qarori haqida

III. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati:
Ushbu xizmat, O'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz yashovchi hamda yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarning reyestriga kiritilgan:
o'zgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari bo'yicha
0 balldan 53 ballgacha bo'lgan shaxsga haftada 3 marta 2 soatdan, biroq 1 ta shaxs uchun uzluksiz 6 oydan ko'p bo'lmagan davrda;
o'zgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari bo'yicha
54 balldan 62 ballgacha bo'lgan shaxsga haftada 2 marta 2 soatdan, biroq 1 ta shaxs uchun uzluksiz 6 oydan ko'p bo'lmagan davrda;
Kambag'al oilalar reyestri yoki «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan o'zgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari bo'yicha
0 balldan 53 ballgacha bo'lgan jarohatlanish va bosh miya qon aylanishi buzilishi (insulьt) tashxisi qo'yilgan shaxsga haftada 3 martagacha 1 soatdan, biroq 1 ta shaxs uchun uzluksiz 6 oydan ko'p bo'lmagan davrda.
Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatiga:
- shaxslarning yo'qotilgan funktsional imkoniyatlari va harakat faolligini qayta tiklash;
- jismoniy faollik yo'qotilishi bilan rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan asoratli kasallanish holatlarini oldini olish va oila a'zolarini parvarish ko'nikmalariga o'rgatish kabi xizmatlar kiradi.
- Shifokor tomonidan qo'shimcha reabilitatsiya tadbirlari belgilanishi mumkin.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos:
shaxsning o'zgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari bo'yicha 0 balldan 62 ballgacha baholanganligi;
oilaning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligi;
jarohatlanish va bosh miya qon aylanishi buzilishi (insulьt) tashxisi to'g'risidagi oilaviy shifokorning xulosasi.
IV. Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati.
Ushbu xizmat, O'zgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari bo'yicha 0 balldan 62 ballgacha bo'lgan 18 va undan katta yoshdagi “Kambag'al oilalar reyestri” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga, haftada 5 ish kuni davomida kuniga 8 soatgacha ko'rsatiladi.
Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatini kursatishga:
- shaxsga qarab turish (yiqilish va jarohatlanishlarning oldini olish);
- shaxsni parvarishlash (ovqatlantirish, gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish);
- shaxs bilan muloqot qilish;
- shaxsni o'z-o'ziga xizmat qilishga o'rgatish;
- 1 mahal issiq ovqat va 2 mahal yengil ovqat;
- 10 kmgacha bo'lgan masofa doirasida xizmatdan foydalanuvchini olib borish va olib kelishda transport xizmati kiradi.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos:
Shaxsning o'zgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari bo'yicha 0 balldan 62 ballgacha baholanganligi;
oilaning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligi;
Kambag'al oilalar reyestri yoki «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilganligi;
ijtimoiy shartnoma bilan oilada mehnatga layoqatli shaxs daromad topish yoki ta'lim olish majburiyatini olganligi.
Farruxjon Shodiyev - So'x tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi sho''ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Stritbol musobaqasining sektor bosqichi o'tkazildi