822025-05-24 16:25
Bilasizmi?

Davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish tartibidan xabardormisiz?
Talabalar turar joyiga joylashish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz.) orqali qabul qilinadi.
Vakolatli organ: Oliy ta'lim muassasalari.
Ariza berish har yili 1-avgustdan boshlanadi.
Xizmat bepul ko'rsatiladi.
Xizmat ko'rsatish natijasi bo'yicha yo'llanma taqdim etiladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori.
Abdumannon Umriddinov - So'x tumani adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi sho''ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!