O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025 yil 29 apreldagi 10-sonli qarori bilan Oliy sud Plenumining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Unga ko'ra, sudlar ishlarni va materiallarni ko'rishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga ko'ra, davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi, iste'molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlashi printsipiga og'ishmay rioya etishlari shart. Shuni nazarda tutish lozimki, O'zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta'minlanadi, xususiy mulk daxlsizdir. Shuning uchun sudlar ishlarni ko'rishda davlat organlari va mansabdor shaxslar mulkdorning huquqlarini qanchalik himoya qilayotganligi va ularga rioya etayotganligini aniqlashlari, asossiz tekshirishlar, taftishlar va hokazo faktlarga tegishli munosabat bildirishlari hamda bunday noqonuniy harakatlar natijasida mulkdorga yetkazilgan zararni aybdor mansabdor shaxslardan undirish choralarini ko'rishlari lozimligi tushuntirildi.
Shunngdek, mazkur Plenum qarorida tadbirkorlik sub'ektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat (ariza) bilan murojaat qilganda davlat bojini to'lashdan ozod qilinishi, ushbu qoida mazkur toifadagi ishlar bo'yicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilinganda ham tatbiq etilishi ko'rsatib o'tildi.
Abdullayev Shermuhammad Ro'zimatovich - Fuqarolik ishlari bo'yicha So'x tuman sudining raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Stritbol musobaqasining sektor bosqichi o'tkazildi