Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
61
9

792025-05-24 16:12

So'x tumanida “So'nggi qo'ng'iroq” tadbirlari katta tantana sifatida nishonlandi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961747626115.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961747628505.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961747629700.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961747632090.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961747640455.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961747641650.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961747645235.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961747646430.jpg

Respublikamizning barcha hududlarida bo'lgani kabi, bugun So'x tumanining barcha umumta'lim maktablarida 2024-2025 o'quv yilining yakuniga bag'ishlangan tadbirlar bo'lib o'tdi. Barcha 11-sinf bitiruvchilariga nurli kelajak sari so'nggi qo'ng'iroq sadolari ostida yo'llanma berildi.

Tumanimizning 26, 1, 10 va 11-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida bo'lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi vakili Umidjon Mahmudov, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri Foziljon Mirzoyevlar bilan birgalikda barcha bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan tabriklashdi.

Maktab bitiruvchilariga Prezidentimizning tabrigi o'qib eshittirildi. Tashkil etilgan barcha tadbirlar davomida o'quv yilida faol bo'lgan va namuna ko'rsatgan o'quvchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Ma'lumot uchun: So'x tumanida 2024-2025 o'quv yilida jami bo'lib 17 929 nafar maktab yoshidagi bolalar ta'lim-tarbiya jarayoniga qamrab olingan bo'lsa, shundan 1 623 nafarini 9-sinf bitiruvchilari hamda 1 265 nafarini 11-sinf bitiruvchilari tashkil etadi. Bu yil 99 nafar 9-sinf bitiruvchilari "A'lo darajali" shahodatnoma bilan, 30 nafar 11-sinf bitiruvchilari kumush va 115 nafari oltin medalь bilan bitirmoqdalar.

2024-2025 o'quv yili davomida 7 nafar o'quvchilar viloyat fan olimpiadasida faxriy o'rinlarni qo'lga kiritgan. Bu yilgi bitiruvchilarning 65 nafari umumta'lim fanlaridan til bilish sertifikatlariga ega bo'ldilar.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz