Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
61
9

872025-05-24 16:15

“Bir Vatan – bitta taqdir” mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbirlari yakuniga bag'ishlab, gala-kontsert tashkil etildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961981633405.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961981636990.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961981639380.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961981640575.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961981645355.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961981647745.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961981650135.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088961981652525.jpg

Tumanimizda Farg'ona viloyati hokimi tashabbusi bilan tashkil etilib, ikki kun davomida o'tkazilgan “Bir Vatan – bitta taqdir” mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbirlari xalqimiz ruhiyatiga o'zgacha shukuh va kayfiyatiga o'ziga xos ko'tarinkilik bag'ishladi. O'tkazilgan uchrashuv, davra suhbatlari, seminar-treninglar, sport va intellektual musobaqalarda so'xlik yoshlar faollik bilan ishtirok etishdi.

Tumanimiz markaziy o'yingohida tashkil etilib o'tkazilgan “Yoshlar oqshomi” mavzusidagi gala-kontsert ikki kun davom etgan qiziqarli tadbirlarning chiroyli finaliga aylanib ketdi. Tadbirda o'z qo'shiqlari bilan ishtirok etgan viloyatimizning taniqli san'atkorlari va san'at g'unchalari xalqimiz quvonchiga o'zgachalik hadya etishdi.

Tadbirda Farg'ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Sherzodjon Polvonov ishtirok etdi va barcha so'xliklarni ushbu tantana bilan samimiy qutladi. Viloyat hokimi o'rinbosari va tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevlar ishtirokida So'x tumanidagi 26-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga sovg'a qilingan “Aqlvoy” avtobusi va tuman obodonlashtirish boshqarmasiga hadya etilgan suv ta'minotiga mo'jljallangan avtomashina kalitlari o'z egalariga topshirildi va ushbu lahzalar tadbirning qiziqlari bo'lishiga asosiy omil bo'ldi.

Tumanimizga tashrif buyurgan san'atkorlar – Otabek Muhammadzohid, Valijon Qodirov, Shohida Zakirova, “Tarannum” guruhi dueti va Farangiz To'ychiboyeva tadbir ishtirokchilariga o'zlarining qo'shiqlarini tortiq qilishdi. Tadbir haqiqiy tantanaga aylanib ketdi va ishtirokchilarning quvonchiga o'zgacha quvonch baxsh etdi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz