2025 yilda So‘x tumanida qurilish sohasini rivojlantirishga doir rejalar

Joriy yilda qurilish pudrat ishlari, uy-joylar qurilishi va muhandislik kommunikasiya tarmoqlari qurilishlarinini amalga oshirish hisobiga qurilish ishlari hajmi – 243,3 milliard so‘mga etkazishni rejalashtirganmiz.
Xususan
Investisiya dasturlari doirasida 27,1 milliard so‘mlik qurilishi ishlari, “Tashabbusli byujet” mablag‘lari hisobidan 18,0 milliard so‘mlik qurilish ishlari, ko‘p qavatli uy-joy qurilishlarini amalga oshirish uchun 58,0 milliard so‘mlik, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha 25,5 milliard so‘mlik hamda boshqa qurilish yo‘nalishlarida 121,3 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshiriladi.
Sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, jumladan
hududlarda elektr ta‘minotini yaxshilash bo‘yicha 6.3 milliard so‘m mablag‘lar hisobiga 15 dona transformator punktlari hamda 28,7 kilometrdagi elektr tarmoqlarini qurish va ta‘mirlash ishlari olib boriladi;
hududlardagi 18 ta ijtimoiy soha ob‘ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun jami 54,0 milliard so‘mlik mablag‘lar sarflanadi;
hududlardagi 30,1 km ichki yo‘llar va umumiy fodalanuvdagi avtomobil yo‘llarini ta‘mirlash ishlari uchun jami 16,5 milliard so‘mlik mablag‘lar sarflanadi;
hududlardagi 15,0 kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini ta‘mirlash ishlari uchun jami 2,250 milliard so‘mlik mablag‘lar sarflanadi;
shu bilan birga ekspluatasiya muddatini o‘tab bo‘lgan hamda seysmik zaifligi va avariya alomatlari aniqlangan ko‘p kvartirali uy-joylarni renovasiya loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Qaqir mahalla fuqarolar yig‘inidagi 2 qavatli jami 8 ta xonadonlar o‘rniga 5 qavatli jami 20 ta xonadondagi uy-joylar quriladi.
Shu bilan birga 2025 yilda tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida jami 212,0 milliard so‘mlik qurilish loyihalarni amalga oshirish hisobiga 700 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Zayliddin Iskandarov – So‘x tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Devayron mahalla fuqarolar yig'iniga ham yangi rais saylandi

Tuman Kengashi deputati mahalla raisi etib saylandi


G'aznov mahalla fuqarolar yig'iniga yangi yosh rais saylandi
