G'aznov mahalla fuqarolar yig'iniga yangi yosh rais saylandi




Respublikamizning barcha hududlarida bo'lgani kabi, So'x tumanida ham muhim siyosiy jarayon – mahalla fuqarolar yig'ini raisi saylovi qizg'in pallaga kirmoqda. Mahallalarda saylovchilar o'zlari munosib bilgan nomzodlarga ovoz berishayotir.
Bu yilgi saylovlar demokratik tamoyillar, shaffoflik asosida bo'lib o'tayotganligini mahallalarda o'tkazilayotgan siyosiy jarayonlar ishtirokchilari ham tasdiqlashmoqda. G'aznov mahalla fuqarolar yig'inida ham saylovlar ochiqlik va oshkoralik printsiplari asosida o'tkazildi.
Saylov jarayonlari va ovoz berish natijalariga ko'ra, mahallaga yangi rais saylandi. Mirzohakim Abbosov saylovchilarning ovoz berish natijalariga ko'ra, navbatdagi 5 yil davomida G'aznov mahalla fuqarolar yig'iniga raislik qiladigan bo'ldi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Devayron mahalla fuqarolar yig'iniga ham yangi rais saylandi

Tuman Kengashi deputati mahalla raisi etib saylandi

