Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
53
5

462025-05-07 21:00

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087227174516190.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087227174517385.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087227174519775.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087227174523360.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087227174524555.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087227174526945.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087227174529335.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087227174531725.jpg

Tuman madaniyat markazining majlislar zalida So'x tumani obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Tuman hokimi Sayidabhrom Sayidmusayev boshchiligida bo'lib o'tgan mazkur tadbirda tizim faoliyati tahlil qilindi.

Tadbir avvalida tuman hokimi sohada faoliyat olib borayotgan barcha ishchi-xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan mas'uliyatli ishlar haqida gapirdi va sohala hal etilishi kutilayotgan muammo va kamchiliklar ham borligini alohida ta'kidladi. Mazkur boshqarmaga boshchilik qilgan marhum Ortiqboy Jalolov haqida fikr bildirib, tuman hokimi uning faoliyatini samarali davom ettirish uchun munosib nomzod tanlab olish lozimligini ta'kidladi.

Uchrashv chog'ida tuman obodonlashtirish bo'limiga tayinlangan yangi rahbar Oxonjon Oxonjonov barcha tizim vakillariga tanishtirildi. Tuman hokimi qarori asosida Oxonjon Oxonjonov mazkur tizimga rahbar etib tayinlandi.

Tuman obodonlashtirish idorasi ishchi-xodimlarini munosib rag'batlantirish, mavjud texnika vositalaridan samarali foydalanish, barcha ishchi-xodimlarni o'z vazifasi bo'yicha faoliyatin yo'lga qo'yish yuzasidan qat'iy topshiriqlar berildi. Shunigdek, tegishli soha xodimlari va tuman hokimligi mutasaddilariga tizimning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish, korxona faoliyatiga doir barcha hujjatlarni o'rganish va tekshirish, korxonada faoliyat olib borayotgan barcha bo'lim boshliqlari ishini samarali tashkillash, korxonaga tegishli bo'lgan barcha texnika vositalari bo'yicha nazoratni kuchaytirishga doir kerakli vazifalar berildi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz