Devayron mahalla fuqarolar yig'iniga ham yangi rais saylandi







Aytish lozimki, o'tgan yillar davomida So'x tumanida keng ko'lamli qurilish-ta'mirlash va obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Bugun aholini qiynayotgan muammolar bosqichma-bosqich hal etilib, fuqarolarimizga munosib turmush sharoiti yaratib berilmoqda.
Bo'layotgan o'zgarishlarda mahalla yettiligi bir yoqadan bosh chiqarib, islohotlar ishtirokchisi bo'lishi lozimligi davr va zamon talabi ekanligini isbotlab bermoqda. Mahallalarda bo'layotgan saylovlarda davlatimiz e'tibori asosida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta'kidlanib, bu ishlarning drayveri bo'lish mahalla raisiga bog'liq ekanligi qayd etilayotir.
Devayron mahallasining 17-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tgan saylovlarda ushbu hudud fuqarolari Devayron mahalla fuqarolar yig'iniga rais saylashdi. Saylovlar ushbu mahallada ham xalqning birdamligi ostida bo'lib o'tdi.
Saylovchilarning ovoz berish natijalariga ko'ra, G'ayratjon Homidjonov Devayron mahalla fuqarolar yig'ini raisi etib saylandi. Ushbu nomzod saylovchilarning aksariyat ovozini olishga ega bo'ldi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Tuman Kengashi deputati mahalla raisi etib saylandi


G'aznov mahalla fuqarolar yig'iniga yangi yosh rais saylandi
