Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
53
5

532025-05-07 20:49

Tuman Kengashi deputati mahalla raisi etib saylandi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087226427764275.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087226427771445.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087226427773835.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087226427776225.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087226427777420.jpg

Yangiariq mahalla fuqarolar yig'inidagi 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida mahalla raisini saylash bo'yicha tadbir bo'lib o'tdi. Saylovlarda mahalla fuqarolari, yoshlar, xotin-qizlar va nuroniylar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida barcha ishtirokchilarga bu yilgi siyosiy jarayonning ahamiyati, uning o'tgan yillar bo'lib o'tgan saylovlardan bo'lgan farqi, mahalla raisi, uning shaxsiyati, rahbarlik mas'uliyati, xalq bilan ishlash qobiliyati ahamiyatli ekanligi ta'kidlanib, tushuntirildi. Darhaqiqat, mahalla raisi eng avvalo tashabbuskor va mahalla dardini o'z dardi deb bilib, xalq farovonligi va hudud rivojiga hissa qo'sha oladigan shaxs bo'lishi lozim.

Ovoz berish natijalariga ko'ra, Yangiariq mahallasiga yangi rais saylandi. Mahallani navbatdagi 5 yil davomida yangi rais – Xalq deputatlari So'x tumani Kengashi deputati Amirali Safarov boshqaradigan bo'ldi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz