“Yosh qutqaruvchilar” musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi










Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, bunday holatlarda fuqarolarni qutqarish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish maktab darslaridan boshlanadi. Buning uchun barcha ta‘lim muassasalarida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar jamoalari tashkil etilgan.
Umumta‘lim hamda kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish, ularni qutqaruvchi kasbiga qiziqtirish, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, ularda fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligiga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, ushbu yo‘nalishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng ko‘lamda olib borishni ta‘minlash maqsadida, tuman hududida joylashgan barcha umumta‘lim maktablarida tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari jamoalari o‘rtasida musobaqaning tuman bosqichi o‘tkazildi.
“Sug‘diyona” sport majmuasida o‘tkazilgan bellashuvda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi, milliy gvardiya bo‘limi, Yoshlar ishlari Agentligi So‘x tumani bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasidan biriktirilgan xodimlar va mas‘ul tashkilotlar xodimlari ishtirok etdilar.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rin 7-sonli umumta‘lim maktab o‘quvchilarining “Xaloskor” jamoasiga nasib etdi. 29-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabining “Burgutlar” jamoasiga 2-o‘rin nasib qildi. 9-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabining “Lochinlar” jamoasiga 3-o‘rin berildi. Tanlov yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga tashkilotchilarning esdalik va qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





Aholi murojaatlari va muammolari o‘rganildi

So‘xlik Sardorbek Dubayga sayohat yutdi!