Peshqadamlar – fuqarolarning ishonchli hamrohi

Bugungi kunda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi fuqarolarning yaqin ko'makdoshi va ishonchli yordamchisi sifatida tumanimiz hayotida muhim o'rin tutadi. Shu ma'noda, So'x tumanida xalq va davlat o'rtasida mustahkam ko'prik vazifasini sharaf bilan ado etib kelayotgan ijtimoiy xodimlardan biri — Mehtarjon Sultonov.
Mehtarjon Sultonov o'z faoliyati davomida aholi muammolarini chuqur o'rganib, ularga amaliy yordam ko'rsatishda namuna bo'lib kelmoqda. Joriy yilning ikkinchi choragida u samaradorlikning eng muhim ko'rsatkichlari (KPI) bo'yicha 100 foizlik natija qayd etdi. Bu esa uning o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashishi va fuqarolar manfaatini doimo birinchi o'ringa qo'yishidan dalolatdir.
“Inson” IXM So'x tumani bo'limi xodimi Jamshedjon Sabronov fikricha, bunday peshqadamlar safi kelgusida yanada kengayadi: - “Mehtarjon kabi sidqidildan ishlayotgan xodimlarimiz fuqarolarning ishonchini qozonib, ularning hayotiga yengillik olib kirmoqda. Biz ishonamizki, kelgusida ham bu sa'y-harakatlar yanada kuchayadi va jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashda muhim o'rin egallaydi.”
Tumanimizda Mehtarjon Sultonov kabi peshqadamlar soni ortib borishi shubhasiz. Ular orqali fuqarolarning muammolariga yechim topish, jamiyatda ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash va inson manfaatlarini ta'minlashga katta hissa qo'shilmoqda.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





Tibbiyot sohasidagi islohotlar So'x tumani misolida tahlil etildi