Hazrati Ali mahallasidagi 5-maktabda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari o'rganildi








Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining pedagogik jamoasi uchun yangi o'quv yili allaqachon boshlangan desak, mubolag'a bo'lmaydi. Ayni kunlarda maktab jamoasi ta'lim dargohini 2025–2026 o'quv yiliga munosib holatda tayyorlash uchun faol harakat olib bormoqda.
Tuman hokimligi ishchi guruhi mazkur maktabda bo'lib, tayyorgarlik ishlarini o'rgandi va pedagoglar bilan uchrashuv o'tkazdi. Suhbat jarayonida sohada mavjud muammolar tinglandi va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Aytish joizki, maktabda sinfxonalar va o'quv kabinetlarini sifatli ta'mirlash bo'yicha ancha ishlar amalga oshirilgan. Shu bilan birga, o'rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni qisqa fursat ichida bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Peshqadamlar – fuqarolarning ishonchli hamrohi




Tibbiyot sohasidagi islohotlar So'x tumani misolida tahlil etildi