Tibbiyot sohasidagi islohotlar So'x tumani misolida tahlil etildi








Qayd etish lozimki, Respublikamizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi — inson manfaatini ta'minlashdir. Chunki fuqarolar salomatligi — eng oliy qadriyat hisoblanadi.
Tuman madaniyat markazida o'tkazilgan ochiq muloqotda So'x tuman tibbiyot birlashmasi faoliyatida amalga oshirilgan va olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari tanqidiy nuqtai nazardan ko'rib chiqildi. Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etdi.
Tuman hokimi o'z nutqida So'x tumani tibbiyot birlashmasi faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tdi. Shu bilan birga, sohada qaratilgan e'tiborga qaramasdan, ayrim tibbiyot xodimlarida mas'uliyatsizlik va loqaydlik holatlari kuzatilayotgani ta'kidlandi.
Shuningdek, tuman hokimining o'rinbosari Ilhomjon Abdumajidov yig'ilgan ma'lumotlar asosida tibbiyot birlashmasidagi bugungi holatni tahlil qilib berdi. Muhokamalar chog'ida sohadagi yutuqlar bilan birga yo'l qo'yilayotgan xatolar ham tanqid ostiga olindi.
Tadbir yakunida har bir tibbiyot xodimi Gippokrat qasamyodiga sodiq qolishi va oq xalatga munosib inson bo'lishi shartligi ta'kidlandi. Kamchilikka yo'l qo'ygan mutaxassislarga nisbatan qonun doirasida chora ko'rish, o'z xizmatini sidqidildan bajarayotgan xodimlarni esa rag'batlantirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!