Sud orqali himoyalanish huquqi

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 2-moddasiga asosan fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etish;
qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatni, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlashga ko‘maklashish;
qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o‘z huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatlanganligi, har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga (sudga) murojaat qilishga haqli ekanligi belgilangan.
Sudga ko‘ydagi shakllarda murojaat qilish mumkin:
fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha — da’vo arizasi shaklida;
buyruq tartibida ish yuritish bo‘yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida;
apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Barcha sudlarda ishlar muhokamasi oshkora o‘tkaziladi.
Davlat siriga, farzandlikka olish siriga taalluqli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ishlar bo‘yicha va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ishning muhokamasi yopiq sud majlisida o‘tkaziladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor bo‘lishining oldini olish, yozishmalar sirini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlash maqsadida yopiq sud muhokamasi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ish sudning yopiq majlisida ko‘rilayotganida ishda ishtirok etuvchi shaxslar, zarur hollarda esa guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ham hozir bo‘ladi.
Ishni sudning yopiq majlisida eshitish fuqarolik sud ishlari yuritishning barcha qoidalariga rioya qilingan holda olib boriladi. Sudning yopiq majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora o‘qib eshittiriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari taraflarning roziligi bilan yoki shaxsini ko‘rsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi mumkin, bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno.
R.M.Mo‘minjonov - Fuqarolik ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudining devonxona mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Tuman markazidagi haqiqiy holat tuman hokimi tomonidan o'rganildi


Yangiariq mahallasidagi ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olindi

Muallim va shoir Sadriddin Hushyoriyning ijodiy kechasi bo'lib o'tdi


Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot