Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
48
5

212025-04-29 18:54

Tuman markazidagi haqiqiy holat tuman hokimi tomonidan o'rganildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086392190894710.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086392190897100.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086392190899490.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086392190903075.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086392190906660.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086392190911440.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086392190915025.jpg

Xabaringiz bor, o'tgan hafta tuman hokimi davlat soliq inspektsiyasi va tuman madaniyat markazida tadbirkorlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o'tkazdi va markazdagi ayanchli holatni yaxshilashga doir qat'iy topshiriq qva ko'rsatmalar bergan edi. Bunday topshiriqlar Rovon va Istiqlol mahalla fuqarolar yettiligiga berilgan bo'lib, bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev berilgan topshiriqlar natijasini o'rganish maqsadida tuman markazida bo'ldi.

Markaz tozaligi va ozodaligiga alohida e'tibor qaratish va har bir muassasa oldiga axlat quttilari o'rnatish bo'yicha berilgan topshiriqlar qisman bajarilgan bo'lib, hali tuman markazida qilinishi lozim bo'lgan ishlar talaygina ekanligi tashrif chog'ida ma'lum bo'ldi. Tuman markazidagi noqonuniy qurilishlarni buzish ishlari ham qisman boshlab yuborilgan.

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev bilan birgalikda tuman markazidagi tadbirkorlik sub'ektlari mutasaddilari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan bevosita muloqot qilib, ularga tez muddatda tuman markazidagi holatni o'nglash, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini qo'rishga doir qat'iy topshiriqlar berishdi. Kamchiliklarni isloh qilmagan va loqaydlik qo'rsatgan har bir mutasaddiga qonun doirasida va belgilangan tartib asosida choralar ko'rilishi bo'yicha ham vazifalar berildi.

Boyxon Mo''minov, Haydarali Haydaraliyev – FarDU tojik filologiyasi fakulteti talabalari, amaliyotchilar









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz