Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
48
5

212025-04-29 18:40

Muallim va shoir Sadriddin Hushyoriyning ijodiy kechasi bo'lib o'tdi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086391177353070.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086391177359045.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086391177360240.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086391177362630.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086391177365020.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086391177367410.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086391177369800.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086391177370995.jpg

Millatni millat va xalqni xalq sifatida jahonga tanitadigan xalq farzandlari borki, ularning nomi va umr yo'li namuna sifatida har bir fuqaro qalbining tub-tubidan joy oladi. Iste'dodlar makoni bo'lmish So'x tumanida ham mana shunday insonlar borligini bilamiz, ularda bo'lgan yuksak shijoatni sezamiz va ularni xalq farzandi sifatida sevamiz, ardoqlaymiz.

Sadriddin Hushyoriy (Abdurahmonov) So'xning Hushyor mahallasida tug'ilgan. Ayni paytda Hushyor mahallasidagi 14-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori vazifasida faoliyat olib boradi.

Muallimni barcha So'x ahli otashnafas shoir sifatida tanishadi va hurmat qilishadi. Qalbida Vatan ishqi va insoniy fazilatlarni mujassam eta olgan otashqalb shoir o'zining kitoblariga ham ega adabiyot vakilidir.

Chashma mahallasidagi 11-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida shoir Sadriddin Hushyoriy ijod yo'liga bag'ishlab tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Shoirning ijod kechasida uning ustozlari, tengdoshlari, shogirdlari va barcha she'riyat ixlosmandlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so'z olganlar shoirning mazmunli faoliyati haqida gapirib, So'x haqiqiy iste'dodlar makoni ekanligini yorqin misollar bilan isbotlab berishdi. Sana't g'unchalari, yosh ijodkorlar, 11 va 14-sonli umuiy o'rta ta'lm maktablari shogirdlari va ustoz san'atkorlar shoir she'rlaridan qiroat qilishdi, qo'shiqlar ko'ylashdi.

Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari Ilhom Abdumajidov ham qatnashib, bunday tadbirlarni muntazam tashkil etish va o'tkazish lozimlgini qayd etdi, zotan, bunday ma'rifiy tadbirlar yosh avlod ko'nglida Vatanga bo'lgan muhabbatni yanada kuchaytiradi. Tadbir oxirida shoir Sadriddin Hushyoriy va mazkur ijodiy kechani tashkil etishda tashabbus ko'rsatgan 11-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori Habibjon Jo'rayevga esdalik va qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz