So'x tumanida 58.495.111 so'm ish haqqi undirilib, fuqaroning buzilgan huquqi tiklandi

Byuro organlari ish yurituvidagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni undirish haqidagi sud qarorlari ijrosini ta'minlash doimiy nazoratga olingan.
Jumladan, FIB So'x tuman sudining 28.02.2025 yildagi qaroriga asosan qarzdor So'x tuman “TTB” dan da'vogar F.E. foydasiga jami 58.495.111 so'm ish xaqqi undirish xaqidagi ijro hujjati Byuroning So'x tuman bo'limi tomonidan ijroga qaratilib, qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.
Qarzdor sud qarorini ijrosini ta'minlash chorasini ko'rmagach, Byuro tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 2025 yilning 07 aprel kuni qarzdordan 58.495.111 so'm ishchilarning oylik ish haqlari undirilib, ishchilarning bank plastik kartalariga o'tkazib berilishi ta'minlandi va fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanib, ijro ishi amalda tamomlandi.
M.X.NURMATOV - Byuroning So'x tuman bo'limi boshlig'i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Tuman markazidagi haqiqiy holat tuman hokimi tomonidan o'rganildi

Yangiariq mahallasidagi ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olindi

Muallim va shoir Sadriddin Hushyoriyning ijodiy kechasi bo'lib o'tdi


Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot