Farg‘ona tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun uyma-uy tibbiy ko‘riklar tashkil etildi





«Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!» shiori ostida o‘tkazilayotgan Sog‘lomlashtirish oyligi doirasida Farg‘ona tumanida navbatdagi amaliy tadbirlar tashkil etildi. Tadbir davomida mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor fuqarolar uchun maxsus tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi.
Shifokorlar jamoasi xonadonma-xonadon yurib, bemorlarning salomatlik holatini o‘rgandi, kerakli maslahat va ko‘rsatmalar berdi. Ayrim bemorlarga zarur tibbiy muassasalarga yo‘llanmalar topshirildi va bepul dori-darmonlar tarqatildi.
Fuqarolar shifokorlarning uylariga tashrifi va ko‘rsatilgan tibbiy yordamdan cheksiz minnatdorlik bildirdilar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi e‘tibor va g‘amxo‘rliklar yurtimizda inson qadri va sog‘lig‘iga berilayotgan yuksak e‘tiborning amaliy ifodasidir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Tuman markazidagi haqiqiy holat tuman hokimi tomonidan o'rganildi


Yangiariq mahallasidagi ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olindi

Muallim va shoir Sadriddin Hushyoriyning ijodiy kechasi bo'lib o'tdi


Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot