Oltiariqda meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yo‘naltirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi




Oltiariqda meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
Tadbirda viloyat, shahar va tuman hokimlarining investisiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Savdo-sanoat palatasi, O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, Jahon bankining viloyat koordinatori, tegishli idora va tashkilotlar, shuningdek, eksportyor korxonalar vakillari ishtirok etdi.
Seminarda so‘z olgan viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov mamlakatimizda meva-sabzavot eksportini kengaytirishga qaratilayotgan e‘tibor, yaratilayotgan sharoitlar natijasida viloyatda eksport hajmi yil sayin ortib borayotganini ta‘kidladi. Shu bilan birga, dunyo bozoriga chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, qadog‘i va yorlig‘i xalqaro standartlarga mos bo‘lishi zarurligi, zamonaviy qadoqlash texnologiyalarini joriy etish muhimligi qayd etildi.
Seminar doirasida mutaxassislar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishdagi talablar, “Agroko‘makchi” mobil ilovasida yaratilgan qulayliklar va undan foydalanish tartibi haqida batafsil ma‘lumotlar berildi.
Viloyatning eksport salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi hamda istiqboldagi vazifalar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Mahalla arig'ini tozalash maqsadida hashar tashkil etildi


Amaldagi mahalla raisi navbatdagi 5 yilga qayta saylandi

