Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
48
5

302025-05-03 16:42

Qal'achaliklar ham o'zlariga navbatdagi 5 yilga yangi mahalla raisini saylashdi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086795692033825.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086795692035020.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086795692037410.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086795692038605.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086795692040995.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086795692040995.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086795692042190.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086795692043385.jpg

Bugun O'zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g'risida”-gi Qonuniga muvofiq tumanimizning Qal'acha mahalla fuqarolar yig'inida mazkur mahalla raisining sayloviga bag'ishlab, tadbir bo'lib o'tdi. Mahallada joylashgan ta'lim muassasasida bo'lib o'tgan saylovda mahalla fuqarolari faollik bilan ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilarga bu yilgi saylovlar va saylovlarni o'tkazishga doir olib borilgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Saylovlarning xalqimiz hayotidagi o'rni va ahamiyati haqida ham tushuntirishlar berildi.

Mahalla raisi vazifasiga qal'achaliklar tomonidan uch nafar nomzod ko'rsatildi va nomzodlar tadbirda ishtirokchilarni o'z dasturlari bilan tanishtirdilar. Shundan so'ng ovoz berish jarayoni boshlanib ketdi.

Ovoz berish natijalariga ko'ra, amaldagi Qal'acha mahalla fuqarolar yig'ini raisi Fayoziddin Tojiddinov saylovchilarning 52,4 foiz ovozini qo'lga kiritgan holda, g'olib bo'ldi. Amaldagi yangi rais faoliyatini yana 5 yil muddatga davom ettiradigan bo'ldi.

So'x tumani hokimligi Aborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Boshqa yangiliklar