Bilasizmi?

Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv ma'lumotnomalarini berish tartibidan xabardormisiz?
Davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.
Vakolatli organ: Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar.
Xizmat uchun undiriladigan yig'im miqdori:
- notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikatini berish uchun — BHMning 5 foizi miqdorida;
- notarial harakatlarni ro'yxatga olish reyestr kitobidan ko'chirma berish uchun — BHMning 5 foizi miqdorida;
- arxiv hujjatlaridan nusxalar berish uchun — BHMning 2 foizi miqdorida;
- arxiv ma'lumotnomalari berish uchun — BHMning 1 foizi miqdorida.
Davlat xizmatini ko'rsatish muddati: 1-5 ish kuni.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori.
Faridun Mastonov - So'x tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



