Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
48
5

572025-05-02 18:42

Amaldagi mahalla raisi navbatdagi 5 yilga qayta saylandi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086701048064895.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086701048066090.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086701048067285.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086701048068480.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086701048069675.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086701048072065.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086701048073260.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086701048075650.jpg

Mahalla fuqarolar yig'ini raisi saylovlari So'x tumanida ham xalqimizning ko'tarinki kayfiyati va uyushqoqlik bilan o'tkazilmoqda. Bugun 5-sonli umumiy o'rta ta'lim makatabida Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini raisining saylovi bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda mahalla fuqarolari, ayollar va xotin-qizlar, nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida barcha ishtirokchilarga bu yilgi mahalla raisi saylovi o'tgan saylovlardan batamom farq qilishi, mazkur saylovlarning xalqimiz hayotidagi o'rni va ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Aytish lozimki, mazkur mahallada o'tgan yillar davomida ko'p ishlar qilindi, keng ko'lamli qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Berilayotgan e'tibordan mahalla ahli minnatdor ekanliklarini mazkur siyosiy tadbir jarayonida ham ta'kidlashdi.

Saylovlarni demokratik tamoyillar va shaffof tarzda o'tkazish maqsaldida mahalla raisi lavozimiga uch nafar nomzod ko'rsatildi. Tadbir ishtirokchilariga nomzodlar o'z rejalari haqida to'liq ma'lumotlar berishdi.

Ovoz berish natijalariga ko'ra, amaldagi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini raisi, Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashi deputati Subhonali Nishonov saylovchilarning aksariyat ovozini olishga muvaffaq bo'ldi – 91 foiz ko'rsatgich bilan navbatdagi 5 yilga mahalla raisi etib saylandi. Xalq va mahalla fuqarolarining ishonchidan minnatdor bo'lgan yangi saylangan mahalla raisi bundan keyin ham xalq bilan birdamlikda mahalla obodligi va xalq farovonligi yo'lida astoydil mehnat va xizmat qilishini alohida ta'kidladi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz