Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Standard & Poor's xalqaro reyting agentligi vakillari bilan uchrashdi





Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Standard & Poor's xalqaro reyting agentligi (S&P Global Ratings) vakillari bilan uchrashdi.
Muloqot chogâida mehmonlarga viloyatning iqtisodiy-investision salohiyati haqida maâlumot berildi. Xususan, turli sohalarda qayd etilayotgan natijalar, jadal tashqi savdo dinamikasi, viloyatga jalb etilgan toâgâridan-toâgâri xorijiy investisiyalar hajmi yildan yilga oshayotgani, sanoat va qishloq xoâjaligi mahsulotlari eksporti, yaratilayotgan qulay investision muhit natijasida Fargâona viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koârsatayotgan korxonalar soni ortib borayotgani va boshqa qator yoânalishlardagi ijobiy yutuqlar qayd etildi.
B+ reyting koârsatkichi dunyoda iqtisodiy holati barqaror va moliyaviy jihatdan qarzdorligi boâlmagan hamda sogâlom investision muhitga ega boâlgan hududlarga berilib, oâsha hududning xalqaro doiradagi holati ijobiy pogâonada ekanligini bildiradi.
Maâlumot uchun, S&P Global Rating xalqaro reyting agentligi tomonidan 2023 yilda Bahrayn, Bosniya va Gersogovina va Iordaniya kabi mamlakatlar kredit reytinglari ham aynan B+ darajasida baholangan.
Standard & Poor's xalqaro reyting agentligi (S&P Global Ratings) 2022-2023 yillarda Fargâona viloyatining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli kredit reytingini B+ darajasida âBarqarorâ deb baholagan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



So'x tumani Kadastr agentligi xodimi xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi

Guliston mahalla fuqarolar yig'ini aholisi bilan uchrashuv o'tkazildi

Respublika ichki ishlar vazirligi ashula va raqs ansambli So'x tumanida

Navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi