Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
94
11

2562025-07-14 22:55

Farg‘ona tumanida Xitoylik investorlar bilan investisiyaviy loyihalar muhokama qilindi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752515619015.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752515619001.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752515619248.jpg

Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov Xitoyning “CIRI Holdings“ kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida Farg‘ona tumanida IT va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida zamonaviy o‘quv markazi tashkil etish, turizm ob‘ektlari va zamonaviy uylar barpo etish, shuningdek, yirik korxonalar va nasos stansiyalarini quyosh panellari bilan jihozlash bo‘yicha rejalashtirilgan investisiyaviy loyihalarni batafsil muhokama qilishdi.

Mazkur loyihalar tuman infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarning zamonaviy IT ko‘nikmalarini shakllantirish, turizm salohiyatini oshirish hamda ekologik toza energiya manbalaridan samarali foydalanish imkonini yaratishi kutilmoqda. Tomonlar loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz