Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
94
11

852025-07-15 16:40

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2094332658231205.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2094332658232400.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2094332658232400.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2094332658233595.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2094332658234790.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2094332658241960.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2094332658243155.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2094332658243155.jpg

Bugun Farg‘ona tuman hokimligining majlislar zalida Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Xamidullo Inomov olib bordi. Unda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibiga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi ish rejasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-martdagi “Aholini dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va eng zarur tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4662-sonli qarorining tuman tibbiyot birlashmasida ijrosi muhokama qilindi.

Shuningdek, sektor rahbarlari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil 1-yarim yillik uchun mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari” tasdiqlash masalasi navbatdagi sessiya yig‘ilishiga qoldirildi.

Sessiya kun tartibidagi asosiy masala – "Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga ko‘maklashish" bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi. Tavsiya etilgan komissiya a’zolari bilan deputatlar tanishtirildi.

Deputatlar B.Sobirova, O.Dadajonova, O.Soliyev, I.Abduraxmonov, A.Qosimov, B.Axmadjonovlar sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘llab, takliflarini bildirdilar.

Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar bo‘yicha mas’ullar hisoboti tinglanib, deputatlar tomonidan tegishli qarorlar tasdiqlanib qabul qilindi.

Mazkur sessiya Farg‘ona tumanida iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, mahalliy boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz