Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TABIIY OFAT OQIBATLARINI OLDINI OLISHGA QARATILGAN CHORALAR KO’RILMOQDA

×

 2022-10-19 16:36:49    57

PDF yuklash
Chop etish


        So’x tumanining jug’rofik joylashuvi va tog’li hududligi bu yerda turli tabiiy ofatlar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Oldingi yillar yuzaga kelgan tabiiy ofat, suv toshqinlari bunga yaqqol misol bo’la oladi. Binoan, mazkur favqulodda holatlarga har doim tayr va shay bo’lish lozim.

        Ikkin kundan beri yog’ayotgan yomg’ir tog’oldi hudud aholisini ogohlikka chorlashi ham tabiiy hol. Bugun Malbut qishlog’i tog’oldi hududlarida yog’ingarchilik me'yordan ortiq bo’lganligi sababli Markaz-Devayron hududida ko’chkini yuzaga keltirgan.

        Tuman hokimligida tashkil etilgan tezkor shtab a'zolari darhol voqea joyiga yetib bordilar va yuzaga keladigan xavfni oldini olish uchun harakat qilishayotir. Ko’chki yuzaga kelgan hududga maxsus texnika safarbar etilgan.

        Tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyevning so’zlariga ko’ra, tabiiy ofat oqibatini bartaraf etish uchun barcha kuch va vositalar safarbar etilgan. Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Jaloliddin Jalolovning ma'lumotiga ko’ra, yuzaga kelgan ko’chki inson hayotiga xavf solmaydi va asosan uning oqibatini bartaraf etishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda va transport vositalari harakatiga ham qulay sharoit yaratilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram