Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ishonch telefoni reglamenti

 2017-09-28 12:20:45    36814

PDF yuklash
Chop etish


QISQA RAQAM 238 56 39

Ish vaqti: haftaning dushanba-juma kunlari, 9:00 dan 18:00gacha

Shahar hokimligining “Ishonch” telefonlari orqali kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarni ko’rib

chiqish tartibi to’g’risidagi

YO’RIQNOMA

I. Umumiy  qoidalar.

Ushbu yo’riqnomaning maqsadi viloyat, shahar, tuman hokimliklarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, (bundan buyon matnda murojaatlar deb yuritiladi) bilan ishlashni yaxshilash, fuqarolarga ularni qiynab turgan muammolarini joyni o’ziga chiqish yo’li bilan hal etishga yaqindan yordam  berishdan iborat.

Viloyat hokimining ko’rsatmasiga binoan amaldagi shtatlar jadvali     doirasida viloyat hokimligi apparati xodimlaridan birlariga “Ishonch ”telefoni orqali kelib tushayotgan murojaatlarni qayd etib borish topshirig’i beriladi.

           

II. Murojaatlar to’g’risidagi qonun hujjatlari.

Ushbu yo’riqnoma O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatalar to’g’risida» gi qonuniga asoslangan holda ishlab chiqildi.

Ushbu yo’riqnomaning amal qilishi:

ko’rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xo’jalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;

davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy bo’linmalarining o’zaro munosabatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

       

III. â€œIshonch” telefoniga murojaat etish tartibi.

Viloyat hokimligining Farg’ona shahar Navoiy ko’chasi 15-uyida joylashgan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida jismoniy va yuridik shaxslardan telefon orqali kelib tushgan og’zaki murojaatlarni  qabul qilib olish uchun  244- 07-50 va 244- 05-23 raqamli  telefonlar joriy etiladi.

Ushbu telefonlar raqamlari viloyat ommaviy axborot vositalari orqali keng axoli qatlamlariga etkaziladi.

           Mazkur telefonlarga murojaatlar og’zaki ravishda ertalab soat 9-00 dan kech 18-00 qadar dushanba - shanba kunlari qabul qilinadi. Telefon orqali ma’lumot berish muddati 20 minutdan oshmasligi kerak.

           Viloyat hokimligining “Ishonch” telefoniga murojaat qilgan shaxslar o’z shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlarini,  yashash manzilini, javoblar berish uchun uy yoki qo’l telefonlari raqamlarini va murojaatining asosiy maqsadini telefon orqali aniq ma’lum  qilishlari zarur.

Murojaat etuvchi o’zining ismi familiyasi, yashash manzili, telefon raqami va murojaatida ko’rsatilgan korxona va tashkilotning joylashgan manzili, uning raxbari to’g’risidagi ma’lumotlarni aytishdan bosh tortgan holatlarda, bunday murojaatlar anonim deb topilib, ko’rib chiqilmasligi mumkin.

Ma’lumotlarni yozib olgan viloyat hokimligining belgilangan mas’ul xodimi kun bo’yi qabul qilingan murojaatlarning ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.

 

    IV. «Ishonch»  telefoniga tushgan murojaatlarni ko’rib chiqish tartibi.

            Qabul qilib olingan murojaatlar ro’yxatlari asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda belgilangan topshiriqlar yuzasidan taaluqli tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish uchun  viloyat hokimiga taqdim etiladi.

Viloyat hokimidan imzolanib chiqqan topshiriq umumiy bo’lim rahbarining yo’naltiruvchi xati bilan taaluqli ijrochilarga etkaziladi.

           Ijrochilar tomonidan «Ishonch» telefoni orqali kelib tushgan murojaatlarni 15 kunlik muddatda (agar viloyat hokimi tomonidan boshqa muddatlar belgilanmagan bo’lsa)   o’rganib chiqib, ijrosini ta’minlash choralarini ko’riladi. O’rganish natijalari yuzasidan murojaat etuvchiga va viloyat hokimligiga yozma ma’lumotlar yuborishlari shart.

Kelib tushgan murojaatlarga ijrochilar tomonidan berilgan javoblarning xaqqoniyligiga viloyat hokimligi umumiy bo’limi xodimlari jismoniy va yuridik shaxslarning mavjud telefonlari orqali aniqlik kiritishlari mumkin.

           Ijrochilar tomonidan sifatsiz ko’rilgan murojaatlar takroran ko’rib chiqish uchun  qaytariladi.

Murojaatlar viloyat hokimligi apparati xodimlari tomonidan ijrosi ta’minlangan hollarda, mualliflarga javoblarni telefon orqali berilishiga va nazoratdan chiqarilishiga ruxsat etiladi.

Har bir kelib tushgan murojaatlar yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar va ularning natijasi yuzasidan viloyat hokimiga ma’lumot kiritib boriladi.

Viloyat hududida faoliyat yuritayotgan barcha korxona va tashkilotlar, viloyat boshqarmalari rahbarlari, shahar, tuman hokimliklari viloyat hokimligining «Ishonch» telefoni orqali tushgan va ularga ijro uchun yuborilgan murojaatlarni O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlar to’g’risida»gi qonun va mazkur yo’riqnomada belgilangan tartib asosida ko’rib chiqishga mas’uldir.