Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

 2017-09-30 15:06:00    798

PDF yuklash
Chop etish


DAVLAT VA XO’JALIK BOShQARUVI, MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYaTI ORGANLARI XODIMLARINING MALAKASI VA KO’NIKMALARINI OShIRIShGA DOIR QO’ShIMChA ChORA-TADBIRLAR HAMDA ULARNI IShDA KOMPYuTER TEXNIKASI VA AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARIDAN FOYDALANISh YuZASIDAN ATTESTATsIYaDAN O’TKAZISh TARTIBI TO’G’RISIDA

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2011 y., 43-44-son, 465-modda; 2013 y., 34-son, 458-modda; 2015 y., 26-son, 338-modda; 2017 y., 15-son, 249-modda)

Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, xodimlar malakasi va ko’nikmalarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo’yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan baholashning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. 2012 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar:

[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat G’ 13.01.00.00 Ta’lim G’ 13.01.32.00 Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]

Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha malakasini oshirishga qo’yiladigan davlat talablari 1-ilovaga muvofiq;

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to’g’risidagi qonunchilik G’ 05.02.00.00 Mehnat G’ 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]

Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo’yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo’yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o’tkaziladigan xodimlarining lavozimlari ro’yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat test markazi 2012 yil 1 yanvargacha bo’lgan muddatda davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo’yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan baholash tizimining joriy etilishi va kelgusida ishlashini ta’minlaydigan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar.

3. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (Aripov), davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari 2015 yil 1 yanvargacha ushbu qaror bilan tasdiqlangan Lavozimlar ro’yxatida lavozimlari nazarda tutilgan xodimlarni attestatsiyadan o’tkazilayotgan xodimda kompyuter savodxonligining minimal darajasi mavjudligini tasdiqlaydigan tegishli sertifikat olish uchun attestatsiyadan o’tkazish chora-tadbirlarini ko’rsinlar.

4. Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari zimmasiga ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha xodimlar malakasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash va yaratish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV

Toshkent sh.,

2011 yil 27 oktyabr,

289-son